Energetika fakultetida “Birinchi kurs maktabi”: talaba hayotiga ilk qadam
12.09.2026
2026-yil
11-sentyabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika
fakulteti hamda Qishloq xo'jaligini
mexanizatsiyalash fakulteti 1-bosqich talabalari uchun Birinchi kurs maktabi
dasturi doirasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil
etildi.
Uchrashuvda universitetning Yoshlar
masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Choriev Ro‘zimurod
Kungiratovich hamda Ijtimoiy-ma’naviy barkarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Abdusamatov Anvar
Abdirashitovich ishtirok etdilar.
Muloqot
davomida yangi qabul qilingan talabalarga universitetdagi ta’lim jarayoni, ichki
tartib-qoidalarga rioya qilish, odob-axloq me’yorlari, talabalarning huquq va majburiyatlari,
universitet hayotida faol ishtirok etish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek,
talabalarning yangi muhitga moslashishi, darslarga muntazam va mas’uliyat bilan
qatnashishi, ustoz-murabbiylarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi hamda universitetning
ichki tartib-qoidalariga amal qilishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv
samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga
mas’ul xodimlardan batafsil javoblar oldilar.
Birinchi kurs maktabi - talabalarning universitet hayotiga moslashishi,
ta’lim jarayoni va jamoatchilik muhiti bilan yaqindan tanishishi, shuningdek, ularda
yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan
biridir.
“Energetika”
fakulteti dekan o‘rinbosari I.Buxorov axboroti
Universitet matbuot xizmati