Energetika fakultetida “Birinchi kurs maktabi”: talaba hayotiga ilk qadam

12.09.2026

#Ma`naviyat

2026-yil 11-sentyabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika  fakulteti hamda Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fakulteti 1-bosqich talabalari uchun Birinchi kurs maktabi dasturi doirasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorektori Choriev Ro‘zimurod Kungiratovich hamda Ijtimoiy-ma’naviy barkarorligini ta’minlash  bo‘yicha rektor maslahatchisi Abdusamatov Anvar Abdirashitovich ishtirok etdilar.

Muloqot davomida yangi qabul qilingan talabalarga universitetdagi ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, odob-axloq me’yorlari, talabalarning huquq va majburiyatlari, universitet hayotida faol ishtirok etish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, talabalarning yangi muhitga moslashishi, darslarga muntazam va mas’uliyat bilan qatnashishi, ustoz-murabbiylarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi hamda universitetning ichki tartib-qoidalariga amal qilishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ul xodimlardan batafsil javoblar oldilar.

Birinchi kurs maktabi - talabalarning universitet hayotiga moslashishi, ta’lim jarayoni va jamoatchilik muhiti bilan yaqindan tanishishi, shuningdek, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biridir.

 

  “Energetika” fakulteti dekan o‘rinbosari I.Buxorov axboroti

Universitet matbuot xizmati