Hamkorlik muzokaralari
11.09.2026
"Iqtisodiyot" fakulteti, "Iqtisodiyot" kafedrasi tashabbusi bilan 10-sentabr kuni Xitoyning Tsinghua universiteti bilan hamkorlik muzokaralari bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar
davomida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqildi:
• Xitoy
tajribasi asosida yuqori texnologiyalar yordamida iqtisodiy o'sishni ta'minlash
modellari;
• qishloq
xo'jaligi sohasini raqamlashtirish va yetkazib berish zanjirlarini
takomillashtirish;
• quruq
iqlim sharoitida suv resurslaridan foydalanish huquqlari savdosi va
"yashil" moliyalashtirish mexanizmlari;
• suv
xo'jaligi va qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti yo'nalishida EMBA/DBA dasturlarini
yo'lga qo'yish.
Uchrashuvda
institutimiz vakillari qatorida ishtirok etib, birinchi bosqichda amalga
oshiriladigan qo'shma loyihalar mavzularini tanlash jarayonida mazmunli suhbat
bo'lib o'tdi.
Hamkorlik
"Bir maqsad — bir yo'l" tashabbusi doirasida O'zbekiston va Xitoy
o'rtasidagi ilmiy-ta'lim aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Universitet matbuot xizmati