“Birinchi kurs maktabi” doirasida odob-axloq kodeksi targ‘iboti

11.09.2026

#Ta`lim #Yangilik #Ma`naviy va tashkiliy

10-avgust kuni Gidrotexnika qurilishi fakultetida 1-bosqichga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar bilan “Birinchi kurs maktabi” dasturi doirasida Universitetning Odob-axloq kodeksi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriyev hamda rektor maslahatchisi A.Abdusamatov ishtirok etib, talabalarga kodeksning mazmun-mohiyati va uning talaba hayotidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Uchrashuv davomida Odob-axloq kodeksining har bir bobi va moddasiga alohida to‘xtalib, unda belgilangan odob-axloq me’yorlari, talabalarning huquq va majburiyatlari, universitet ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, o‘zaro hurmat va muomala madaniyati kabi muhim masalalar batafsil tushuntirildi. 

Odob — inson ziynati, bilim — uning kuchi, mas’uliyat esa muvaffaqiyatining poydevoridir!