«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida Xitoy Fanlar akademiyasining Aerokosmik axborot tadqiqotlari instituti (AIRCAS) delegatsiyasining rasmiy tashrifi hamda qo‘shma ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.
09.09.2026
Mazkur nufuzli tadbir doirasida ikki ilmiy-ta’lim muassasasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, zamonaviy kosmik va raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi hamda suv resurslarini boshqarish jarayonlariga keng joriy etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Tashrif davomida hududdagi ekologik jarayonlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari va suv resurslarini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi zamonaviy yer usti kosmik stansiyasini o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ikki muassasa o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi Memorandum imzolandi. Shu bilan birga, AIRCAS delegatsiyasi universitet laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ilm-fan, innovatsiyalar hamda zamonaviy texnologiyalar transferi sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va qo‘shma tadqiqotlarni kengaytirishga xizmat qiladi.