Bilimni sinovdan, imkoniyatni kelajakdan boshlaymiz!

09.09.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan “Orientation Week” doirasida fakultetlar kesimida 1-bosqich talabalari uchun “Placement Test” o'tkazildi.

Mazkur testning asosiy maqsadi talabalarning ingliz tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarini aniqlash, ularning til bilish darajasini baholash hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun tegishli guruhlarga taqsimlashdan iborat bo‘ldi.

Test jarayonida talabalar grammatika, lug‘at boyligi, o‘qib tushunish va ingliz tilidan amaliy ko‘nikmalarni qamrab oluvchi topshiriqlarni bajarishdi. Sinov shaffof va xolis baholash tamoyillari asosida tashkil etilib, uning natijalari talabalarning til kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tadbir universitetda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, talabalarning xalqaro ta’lim standartlariga mos bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning kelgusidagi akademik rivojlanishiga mustahkam zamin yaratish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

"Ingliz tili" kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati