1-kurs maktabi qizg‘in davom etmoqda
08.09.2026
2026-yilning 8-sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga fakultetdagi ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni, mutaxassisliklarning mazmuni va kelgusidagi kasbiy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i tomonidan
ilmiy va innovatsion loyihalar, startaplar, tanlovlar, stipendiya hamda grant
dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari tushuntirildi. Talabalar
universitetning Odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalari bilan ham tanishtirildi.
Uchrashuv doirasida 1-kurs talabalari universitet kutubxonasiga tashrif
buyurib, u yerdagi mavjud adabiyotlar, elektron axborot resurslari, o‘quv va
ilmiy manbalardan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tadbir talabalarning universitet hayotiga tezroq moslashishi, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda ta’lim va ilmiy faoliyatda faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov Axboroti
Universitet matbuot xizmati