«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida 1-kurs talabalarini kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi
08.09.2026
«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida yangi o‘quv yilida tahsil olishni boshlagan 1-kurs talabalarini munosib kutib olish maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitetning bugungi kundagi yutuqlari, ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Bozorov Tuxta Sharipovich hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Botir Ergashev so‘zga chiqib, 1-kurs talabalarini yangi bosqich — talaba bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etib, ularga ezgu tilaklarini bildirdilar.
Shuningdek, yangi talabalarga talaba guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. Universitet hayotining ramziy belgisi sifatida 1-kurs talabalariga universitet kaliti ham taqdim etildi.
Tantanali tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, yangi talabalar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.