QS ImpACT Council: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida yangi bosqich

08.09.2026

#Ta`lim #Yangilik

Markaziy Osiyoda ilk QS ImpACT Council Kengashi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti negizida tashkil etilgan edi.

QS ImpACT tashabbusining Markaziy Osiyodagi faoliyatini yanada rivojlantirish doirasida QS ImpACT Council Kengashining faoliyatini muvofiqlashtirish Farzona Safarovaga topshirildi.

Mazkur faoliyat doirasida QS ImpACT xalqaro tashabbuslarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda talabalar va yosh mutaxassislarning xalqaro dastur va loyihalardagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ushbu tashabbus Markaziy Osiyoda yoshlarning xalqaro ta’lim va rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanishi, yetakchi universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals -SDGs) ilgari surish, ularni yoshlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda SDG tamoyillariga asoslangan xalqaro tashabbus va loyihalarni rivojlantirishdan iborat.