Career.edu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

03.09.2026

#Yangilik

Talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini samarali tashkil etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida EduCareer (career.edu.uz) platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedralar  mudirlari, amaliyotga  mas’ullari hamda “Talabalar amaliyoti” bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov malakaviy amaliyotlarni o‘tash va bitiruvchilarni ishga joylashtirish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish imkonini beruvchi elektron platforma haqida ma’lumot berdi. Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X. Hayitov tomonidan platformadan samarali foydalanish, amaliyotga oid ma’lumotlarni kiritish, shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish va yuborish, amaliyot dasturlarini joylashtirish hamda jarayonlarni onlayn nazorat qilish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. 

Shuningdek,
- amaliyot o‘tash uchun hamkor korxona va tashkilotlar bilan amaliyot shartnomalarini elektron shaklda tuzish va platforma orqali yuborish;
- amaliyot dasturlarini platformaga o‘z vaqtida va to‘liq joylashtirib borish;
- universitet xodimlari va professor-o‘qituvchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda ularni amaliyot rahbarlari sifatida tizimga biriktirish;
- talabalarning amaliyot o‘tash jarayonini raqamli shaklda monitoring qilish;
- bitiruvchilarning bandlik ko‘rsatkichlarini platforma orqali onlayn kuzatib borish;
- “Bandligi ta’minlanmagan” bitiruvchilarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
- bitiruvchilarni ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan bog‘lash hamda ularning munosib ish o‘rinlariga joylashishini ta’minlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilarga Career.edu.uz platformasining funksional imkoniyatlaridan samarali foydalanish, amaliyot jarayonlarini shaffof va tizimli tashkil etish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Mazkur tizimning samarali yo‘lga qo‘yilishi talabalar amaliyotini ish beruvchilar bilan uzviy bog‘lash, amaliyotning sifatini oshirish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish jarayonlarini onlayn monitoring qilish imkonini beradi.