«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida «Er resurslari va kadastr» hamda «Ekologiya va huquq» fakultetlari professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida «Kiberxavfsizlik va ma’lumotlar maxfiyligini saqlash, axborot almashish madaniyati» mavzusida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
03.09.2026
Uchrashuvlarda universitet rektori maslahatchisi Anvar Abdusamatov ishtirok etib, bugungi raqamli muhitda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy va xizmatga oid ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborot almashishda ehtiyotkorlikka alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Tadbirlar davomida kiberfiribgarlik, soxta havolalar, shubhali xabarlar va qalbaki akkauntlardan himoyalanish, elektron pochta, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, murakkab parollardan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiyani joriy etish, shubhali fayl va havolalarni ochmaslik hamda xizmatga oid maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbirlar yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.