Kanallarni betonlashtirishda ilmiy yondashuv va sifat nazorati
03.09.2026
Xorazm
viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, suv
yoʻqotishlarining oldini olish va muhandislik inshootlarining mustahkamligini
oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Urganch–Xiva avtomobil yoʻlining Qoʻshkoʻpir tumani qismidan kesib oʻtuvchi «Gʻazovot» magistral kanalining (PK100+57 dan PK105+57 gacha boʻlgan 0,5 km qismi) hamda «Qulovat» kanalini rekonstruksiya qilish obyektlaridagi qurilish-montaj jarayonlari alohida nazoratga olingan.
Ushbu
obyektlarda olib borilayotgan muhandislik ishlarining borishi va sifatini
koʻzdan kechirish maqsadida Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Rahimovich Xamrayev,
viloyat hokimining ilmiy maslahatchisi, «Chapqirgʻoq Amudaryo» ITHB boshligʻi
hamda bir qator yetakchi soha mutaxassislari hududga tashrif buyurdilar.
Oʻrganishlar
davomida Suv xoʻjaligi vazirligi rahbariyati tomonidan betonlashtirish va
rekonstruksiya qilish ishlarini ilmiy asoslangan tavsiyalar bilan integratsiya
qilgan holda olib borish, muhandislik yechimlarini amaldagi texnik va meʻyoriy
talablarga toʻliq mos ravishda, yuqori sifatda bajarish boʻyicha muhim
koʻrsatmalar berildi.
Obyektlarning texnik
koʻrsatkichlari:
1️. «Gʻazovot» magistral kanali:
•
Suv manbai: «Polvon» kanali
•
Umumiy uzunligi: 42,1 km
•
Betonlashtiriladigan qismi: 0,5 km (PK100+57 – PK105+57)
•
Suv oʻtkazish qobiliyati: 60,0 m³/sek
• Xizmat
koʻrsatiladigan maydon: 13126 gektar.
2️. «Qulovat» kanali:
•
Suv olish manbasi: «Shovot» kanali (PK 136+50)
•
Umumiy uzunligi: 35,6 km (shundan 22,2 km tuproq va 13,4 km beton oʻzanli)
•
Loyihaviy suv oʻtkazish qobiliyati: 30,0 m³/sek
•
Xizmat koʻrsatiladigan maydon: 29400 gektar.
Kutilayotgan
natijalar:
Kanal
oʻzanidan suvning sizib ketishi (filtratsiya) oldi olinib, suv resurslari
tejaladi;
Ekin
maydonlarining suv taʻminoti kafolatlanadi va barqarorlashadi;
Qishloq
xoʻjaligi hosildorligini oshirish uchun mustahkam zamin yaratiladi;
Aholini
va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʻminlash darajasi yaxshilanadi.