Milliy suv strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari muhokama qilindi

02.09.2026

#Tadqiqotlar #Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasining 2027–2050 yillarga mo‘ljallangan suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy strategiyasini ishlab chiqish doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining navbatdagi bosqichi muhokama qilindi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutiMilliy tadqiqot universiteti bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya milliy qomitasi hamdaOzsuvtaminotAJlari bilan hamkorlikda 2026-yilning III choragida bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar boyicha seminar trening bolib otdi.

Loyiha akademik L.Kvint rahbarligida amalga oshirilib, uning asosiy maqsadi O‘zbekistonda suv resurslarini barqaror boshqarish, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning metodologik asoslarini ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatning strategik manfaatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini boshqarishning uzoq muddatli rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.

Hisobot davrida suv resurslarini boshqarish tizimini rivojlantirishning 9 ta strategik konturi bo‘yicha mavjud holatni o‘rganish, muammolarni aniqlash, rivojlanish tendensiyalarini baholash hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirildi.

Tahlillar jarayonida:

  • suv resurslarining mavjud holati;
  • suvdan foydalanish samaradorligi;
  • suv tanqisligi sharoitida boshqaruv mexanizmlari;
  • ekologik xavfsizlik;
  • institutsional va texnologik imkoniyatlar;
  • iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’siri;
  • demografik va iqtisodiy rivojlanish omillari;
  • qishloq xo‘jaligida suvga bo‘lgan talabning o‘zgarishi;
  • suv ekotizimlarini muhofaza qilish masalalari kompleks tarzda o‘rganildi.

Shuningdek, suv resurslariga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar, mavjud tizimning kuchli va zaif jihatlari, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi xavf va cheklovlar tahlil qilindi.

III chorak yakunlari bo‘yicha 9 ta strategik kontur bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarning dastlabki konturlari shakllantirildi. Har bir yo‘nalish kesimida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, rivojlanish tendensiyalari va muammolarni bartaraf etishning istiqbolli mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur ishlar kelgusida O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishning yaxlit, o‘zaro bog‘langan va uzoq muddatli strategik modelini shakllantirish uchun muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakunida loyihaning III choragida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, texnik vazifada nazarda tutilgan topshiriqlarni bajarish uchun Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya milliy qo‘mitasi hamda “O‘zsuvta’minot” AJdan zarur tahliliy ma’lumotlarni jamlash va keyingi bosqich ishlarini rejalashtirish vazifasi belgilandi.