Xalqaro hamkorlik: yoshlarimiz Koreyada ta’lim olishni boshladi!
02.09.2026
“Toshkent
irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy Tadqiqot Universiteti hamda Janubiy Koreyaning Keimyung College
University o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida yoshlarimiz uchun
yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda.
Mazkur
hamkorlik LUPIC — Leading University Project for International
Cooperation dasturi doirasidagi “TIQXMMI Milliy Tadqiqot
Universiteti huzuridagi Mexatronika texnikumi ta’lim kompetensiyalarini
rivojlantirish loyihasi” asosida amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida
universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi
professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish, zamonaviy mexatronika va robototexnika yo‘nalishlarini
takomillashtirish hamda iqtidorli yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini
kengaytirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Hamkorlikning muhim
natijalaridan biri sifatida Global Korea Scholarship (GKS)
dasturi bo‘yicha magistraturaga qabul suhbatlari Keimyung College
University’ning koreyalik professor-o‘qituvchilari tomonidan
o‘tkazildi. Suhbat natijalariga ko‘ra, “Texnika va texnologiyalarning
texnik ekspertizasi va marketingi” bakalavriat yo‘nalishi talabalari Junaydullayev
Xusan va Sayidaliyev Muhammadjon saralab olindi.
Quvonarlisi, yoshlarimiz 100
foizlik grant asosida Keimyung College University’da magistratura bosqichida
tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va ayni vaqtda o‘qishlarini
davom ettirish uchun Janubiy Koreyaga yo‘l oldilar.
Safar
oldidan “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi
professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar bilan kuzatuv suhbati
o‘tkazilib, ularga xorijda ta’lim olish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok
etish, ilmiy izlanishlarni davom ettirish va egallayotgan bilimlarini kelgusida
yurtimiz rivojiga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bu shunchaki ikki nafar
talabaning Koreyaga o‘qishga ketishi emas. Bu xalqaro hamkorlikning amaliy
natijasi, kafedramizning izchil faoliyati va yoshlarimiz uchun yaratilayotgan
yangi imkoniyatlarning yorqin ifodasidir. Junaydullayev Husan va
Sayidaliyev Muhammadjonga Janubiy Koreyadagi tahsil jarayonida ulkan
muvaffaqiyatlar tilaymiz!