Harbiy psixologning kasbiy mahorati
01.09.2026
Joriy yilning 27-avgust sanasida “Gidromelioratsiya” fakulteti “Professional ta’lim” kafedrasi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Indira Igorevna Raximova tomonidan Mudofaa vazirligi harbiy psixologlarining kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida “Shaxs rivojlanishidagi inqiroz davrlari va psixologik barqarorlik” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Trening davomida shaxs rivojlanishining turli
bosqichlarida kuzatiladigan psixologik inqirozlar, ularning xususiyatlari,
inqirozlarni erta aniqlash, psixologik barqarorlikni shakllantirish hamda
harbiy xizmatchilar bilan ishlashda zamonaviy psixologik yondashuvlarni
qo‘llash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan amaliy mashqlar, vaziyatli keyslar va
guruhli muhokamalar tashkil etilib, nazariy bilimlar amaliyot bilan
mustahkamlandi.
Seminar ishtirokchilari o‘z kasbiy faoliyatlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, psixologik xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tajribalarni o‘zlashtirdilar.
“Professional ta’lim” kafedrasi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti I.I.Raximova axboroti