Harbiy psixologning kasbiy mahorati

01.09.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Joriy yilning  27-avgust sanasida “Gidromelioratsiya” fakulteti “Professional ta’lim”  kafedrasi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Indira Igorevna Raximova tomonidan Mudofaa vazirligi harbiy psixologlarining kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida “Shaxs rivojlanishidagi inqiroz davrlari va psixologik barqarorlik” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Trening davomida shaxs rivojlanishining turli bosqichlarida kuzatiladigan psixologik inqirozlar, ularning xususiyatlari, inqirozlarni erta aniqlash, psixologik barqarorlikni shakllantirish hamda harbiy xizmatchilar bilan ishlashda zamonaviy psixologik yondashuvlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan amaliy mashqlar, vaziyatli keyslar va guruhli muhokamalar tashkil etilib, nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlandi.

Seminar ishtirokchilari o‘z kasbiy faoliyatlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, psixologik xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tajribalarni o‘zlashtirdilar. 

“Professional ta’lim”  kafedrasi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti  I.I.Raximova axboroti