«TIQXMMI» MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI REKTORI MIRZAYEV BAHODIR SUYUNOVICHNING JAMOAGA BAYRAM TABRIGI
01.09.2026
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, aziz talaba-yoshlar!
Sizlarni yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzusi, yurtimizning bugungi taraqqiyoti va yorqin kelajagining mustahkam poydevoridir. Bugun mamlakatimizda ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, bilimli va raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘tgan o‘quv yili universitetimiz jamoasi uchun samarali mehnat va muhim yutuqlarga boy bo‘ldi. Ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik va talabalarning turli sohalardagi natijalari yanada yuksaldi. Bu muvaffaqiyatlarda har biringizning munosib hissangiz bor. Buning uchun barchangizga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Yangi o‘quv yilida oldimizda ta’lim va ilm-fan sifatini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish bilan hamkorlikni kuchaytirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash kabi muhim vazifalar turibdi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilayman.
Yangi o‘quv yili va Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat va samimiyat bilan,
Rektor BAHODIR SUYUNOVICH MIRZAYEV