«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakultetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida «Kiberxavfsizlik va ma’lumotlar maxfiyligini saqlash, axborot almashish madaniyati» mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

28.08.2026

#Yangilik #Ma`naviy va tashkiliy

Unda universitet rektori maslahatchisi Anvar Abdsamatov ishtirok etib, kiberhujumlar, kiberjinoyatlar va axborot xavfsizligiga tahdidlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuvda shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish, shubhali havola va xabarlardan ehtiyot bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish hamda kiberfiribgarliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, raqamli muhitda axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.