Munosib e’tirof!
28.08.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor Choriyev Roʻzimurat Kungratovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak mukofot olimning yurt taraqqiyoti, islohotlar samaradorligini oshirish, yoshlarni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish yo‘lidagi fidokorona mehnati hamda Yangi O‘zbekiston ravnaqiga qo‘shib kelayotgan munosib hissining yuksak e’tirofidir.
Hurmatli Roʻzimurat Kungratovich!
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz ravnaqi, ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin. Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi-yangi zafarlar tilaymiz!
Mukofotingiz muborak bo‘lsin, ustoz!