Yuksak e’tirof — sharaf va mas’uliyat!
26.08.2026
#Yangilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” esdalik nishoni bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi dotsenti, Sirdaryo viloyati hokimining ilmiy maslahatchisi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Durdiyev Normat Hasanovich taqdirlandi!
Hurmatli Normat Hasanovich! Sizni ushbu yuksak esdalik nishoni bilan Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi a'zolari chin qalbdan muborakbod etadi!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va ilmiy faoliyatingizda yangi zafarlar hamda xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.