Óbuda Universitetida 43 nafar professor-o‘qituvchi ishtirokidagi 144 soatlik xalqaro malaka oshirish kursi yakunlandi
25.08.2026
“TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti va Vengriyaning Óbuda Universiteti o‘rtasidagi samarali xalqaro
hamkorlik doirasida O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalari
professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan 144 soatlik xalqaro
malaka oshirish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
10-avgust kuni boshlangan mazkur xalqaro dastur 23-avgust 2026-yil kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalaridan jami 43 nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etdi. E’tiborlisi, ularning 11 nafari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilaridir.
Mazkur
malaka oshirish kursi “Teaching English for Academic and Specific Purposes”
mavzusiga bag‘ishlanib, Content and Language Integrated Learning (CLIL)
dasturi doirasida Óbuda Universiteti tomonidan tashkil etildi.
Kurs
davomida ishtirokchilarning akademik va maxsus maqsadlar uchun ingliz tilini
o‘qitish bo‘yicha professional kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratildi.
Dasturda zamonaviy pedagogik metodologiyalar va innovatsion ta’lim strategiyalaridan foydalanilib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, reflektiv pedagogika va zamonaviy til ta’limi yondashuvlari asosida professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Malaka
oshirish dasturining muhim yo‘nalishlaridan biri English for Academic
Purposes (EAP), English for Specific Purposes (ESP) hamda Content and
Language Integrated Learning (CLIL) yondashuvlarini chuqur o‘rganish va ularni
ta’lim jarayonida samarali qo‘llash bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:
- akademik ingliz tilini o‘qitish
metodikasi;
- maxsus maqsadlar uchun ingliz
tilini o‘qitish;
- akademik va
professional muloqot;
- zamonaviy
pedagogik metodlar;
- reflektiv o‘qitish
amaliyoti;
- hamkorlikda dars
loyihalash
bo‘yicha
bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirdilar.
Shuningdek, dastur doirasida Microteaching, hamkorlikda dars ishlanmalarini yaratish va reflektiv pedagogik amaliyotga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro
malaka oshirish kursining zamonaviy jihatlaridan biri - sun’iy intellekt
(AI) va raqamli vositalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
masalalarining amaliy o‘rganilganidir.
Ishtirokchilar
sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan samarali o‘qitish va o‘rganish
jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, darslarni yanada interaktiv tashkil etish
hamda akademik va fan yo‘nalishlariga mos ta’lim tajribalarini yaratishda
foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Bu esa professor-o‘qituvchilarning zamonaviy texnologiyalardan pedagogik maqsadlarda foydalanish kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Mazkur
xalqaro malaka oshirish kursida universitetimizdan quyidagi
professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar:
D. Muqumova-“Professional ta’lim” kafedrasi
mudiri;
G. Baykunusova; G. Ziyavitdinova; I. Raximova; S.
Yarova;
G. Jamolova universitet huzuridagi Fundamental amaliy fanlar instituti;
I. Baxromova “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi
o‘qituvchisi;
M. Kasimova “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi;
G. Eshchanova “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti;
U. Nulloyev “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti;
K. Astanakulov “Qishloq xo‘jaligi
texnika va texnologiyalari” kafedrasi professori.
Kursni O‘zbekiston tomonidan tashkil etish va muvofiqlashtirish ishlarida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova gurux raxbari sifatida faol ishtirok etib, Óbuda Universiteti vakillari bilan tashkiliy va akademik jarayonlarni muvofiqlashtirishda muhim hissa qo‘shdi.
23-avgust kuni Óbuda Universitetida xalqaro malaka
oshirish kursining yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kursda
muvaffaqiyatli ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarga 144 soatlik xalqaro
sertifikatlar Óbuda Universiteti, “Languag Centre” direktori Győriné
Kontor Éva tomonidan topshirildi.
Sertifikatlarda ishtirokchilarning Professional Development Course “Teaching English for Academic and Specific Purposes” nomli 144 soatlik dasturini muvaffaqiyatli tamomlagani qayd etilgan.
Ushbu
xalqaro malaka oshirish dasturi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va
Óbuda Universiteti o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy natijalaridan biri
bo‘ldi.
Dastur
davomida professor-o‘qituvchilar nafaqat ingliz tilini akademik va professional
maqsadlarda qo‘llash bo‘yicha bilimlarini rivojlantirdilar, balki xalqaro
pedagogik tajriba, zamonaviy metodologiyalar, CLIL, EAP, ESP, Microteaching,
reflektiv ta’lim hamda AI va raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha
yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Mazkur xalqaro tajriba professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini yanada yuksaltirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish va xalqaro akademik muhit bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro
malaka oshirish kursi doirasida akademik mashg‘ulotlar bilan bir qatorda
ishtirokchilar Budapesht orqali turli Shengen davlatlari, Germaniya,
Italiya, Frantsiya, Avstriya, Ispaniya kabi bir qator mamlakatlarga tashrif
buyurib, xiy nafaqt sayoxat qilishdi, balki Yevropa ta’lim va madaniy
muhitini yaqindan kuzatish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
“TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti va Óbuda Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik
kelgusida ham professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim
dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda xalqaro malaka oshirish
dasturlarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
144
soatlik xalqaro malaka oshirish kursining muvaffaqiyatli yakunlangani “TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilarining xalqaro ta’lim
makonidagi ishtiroki va kasbiy rivojlanish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri
bo‘ldi.