Óbuda Universitetida universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan Microteaching mashg‘ulotlari o‘tkazildi
25.08.2026
Vengriyaning nufuzli Óbuda Universitetida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish kursi doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Microteaching - mikroo‘qitish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur amaliy mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotda qo‘llash, interaktiv darslarni tashkil etish hamda xalqaro ta’lim muhitida ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘zlashtirishga qaratildi.
Microteaching o‘qituvchining qisqa vaqt davomida
muayyan mavzu asosida dars jarayonini tashkil etishi, tanlangan pedagogik
metodlarni amaliy namoyish qilishi va mashg‘ulot yakunida o‘z faoliyatini
tahlil qilishi uchun samarali imkoniyat yaratadi.
Óbuda
Universitetidagi xalqaro malaka oshirish kursi davomida “TIQXMMI” Milliy
tadqiqot universiteti jamoasi a’zolari o‘zlarining pedagogik tajribasi, dars
tashkil etish mahorati va zamonaviy o‘qitish usullarini namoyish etdilar.
Mashg‘ulotlarda dars maqsadini aniq belgilash, o‘quvchilarni faol jarayonga jalb etish, savol-javob, juftlik va guruhlar bilan ishlash, muhokama, fikr-mulohaza va refleksiya kabi metodlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro
malaka oshirish kursida tashkil qilingan Microteaching mashg’ulotlarini universitetimizdan
quyidagi professor-o‘qituvchilar tashkil qilishdi:
- D. Muqumova “Professional ta’lim”
kafedrasi mudiri; G. Baykunusova;
- G. Ziyavitdinova; I. Raximova; S.
Yarova;
- G. Jamolova universitet huzuridagi
Fundamental amaliy fanlar instituti;
- I. Baxromova “O‘qitish nazariyasi va
metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi;
- M. Kasimova “O‘qitish nazariyasi va
metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi;
- G. Eshchanova “Ingliz tili” kafedrasi
dotsenti;
- U. Nulloyev “Ingliz tili” kafedrasi
dotsenti;
- K. Astanakulov “Qishloq xo‘jaligi texnika va
texnologiyalari” kafedrasi professori.
Universitet jamoasi a’zolarining Microteaching mashg‘ulotlaridagi faol ishtiroki xalqaro akademik muhitda tajriba almashish, o‘zaro fikr bildirish va turli pedagogik yondashuvlarni amaliy jihatdan o‘rganish uchun muhim imkoniyat yaratdi.
Mashg‘ulotlar
davomida Think-Pair-Share, Guided Reading, Peer Review va Reflection
kabi zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanildi.
Ushbu
metodlar orqali ta’lim jarayonida mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, o‘zaro
muloqot, tahlil qilish va fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
e’tibor qaratildi.
Shuningdek,
Microteaching jarayonida har bir mashg‘ulotdan so‘ng feedback -
fikr-mulohaza va tahlil bosqichi tashkil etildi. Ishtirokchilar
bir-birlarining darslarini kuzatib, mashg‘ulotlarning kuchli jihatlari va
takomillashtirish mumkin bo‘lgan tomonlari yuzasidan fikr almashdilar.
Bu jarayon professor-o‘qituvchilarga o‘z pedagogik faoliyatiga boshqa nuqtayi nazardan qarash, yangi metodlarni baholash va ularni kelgusidagi dars jarayonlariga moslashtirish imkonini berdi.
Óbuda
Universitetida tashkil etilgan Microteaching mashg‘ulotlari xalqaro malaka oshirish dasturining
nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtiruvchi muhim qismlaridan
biri bo‘ldi.
Mazkur
mashg‘ulotlar orqali “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
professor-o‘qituvchilari xalqaro ta’lim muhitida pedagogik tajriba almashish,
zamonaviy o‘qitish metodlarini amaliyotda sinab ko‘rish va o‘zaro fikr-mulohaza
asosida pedagogik mahoratlarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega
bo‘ldilar.
Xalqaro
malaka oshirish jarayonida o‘zlashtirilayotgan ilg‘or tajribalar kelgusida
universitetning ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng
joriy etish, darslarning samaradorligini oshirish va talabalarga
yo‘naltirilgan ta’limni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
“TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilarining Óbuda Universitetidagi
xalqaro malaka oshirish kursida faol ishtiroki universitetning xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy
kompetensiyalarini yuksaltirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim
jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan izchil faoliyatining muhim natijalaridan
biridir.