Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘i rivojlantiriladi
25.08.2026
“Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–298-son, 19.08.2026-y.) qabul qilindi.
🔎 Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-fevralgacha salohiyatli kichik va mikro GES loyihalarini aniqlash, amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish maqsadida raqamli platforma ishlab chiqiladi.
✅ Kichik va mikro GESlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda atrof-muhitga oid va ijtimoiy talablar majburiy tartibda inobatga olinishi belgilandi.
🔘 Quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan kichik va mikro GESlarni qurish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash maqsadida Energetika vazirligi buyurtmasi asosida “E-auksion” elektron savdo maydonchasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish tarifini pasaytirib borish yuzasidan o‘tkaziladigan elektron auksionda boshlang‘ich narx bilan birgalikda eng quyi narxni ham belgilash tartibi joriy etiladi.
📖 Bunda narxlar II guruh iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan quyidagicha o‘rnatiladi:
🔹 quvvati 500 kVtgacha bo‘lgan mikro GESlarga – boshlang‘ich narxi 150 foiz, eng quyi narxi 50 foiz miqdorida;
🔹 quvvati 500 kVtdan 2 MVtgacha bo‘lgan kichik GESlarga – boshlang‘ich narxi 120 foiz, eng quyi narxi 40 foiz miqdorida;
🔹 quvvati 2 MVtdan 5 MVtgacha bo‘lgan kichik GESlarga – boshlang‘ich narxi 100 foiz, eng quyi narxi 30 foiz miqdorida.
📚 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab kichik quvvatli yashil energiya yo‘nalishlari, jumladan, kichik gidroenergetika uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim tizimi asosida joriy etiladi.