"Suv xo‘jaligi va melioratsiya" yo‘nalishi 3-kurs talabalari malakaviy amaliyotning birinchi bosqichining yakuniy HISOBOTI
20.08.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek talaba-yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish maqsadida universitet rektorining 2026-yil 24-apreldagi 441/t-sonli buyrug‘i asosida Gidromelioratsiya fakulteti 3-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyot tashkil etildi. Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasiga biriktirilgan 60812300 – "Suv xo‘jaligi va melioratsiya" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 56 nafar 3-kurs talabasi respublikaning turli hududlaridagi irrigatsiya-tizim boshqarmalari ("ITHB"), meliorativ ekspeditsiyalar, suv yetkazib berish xizmatlari hamda boshqa sohaga oid tashkilotlarda amaliyot o‘tamoqda. Xususan, talabalar Norin-Qoradaryo, Amu-Buxoro, Sirdaryo-So‘x, Quyi Sirdaryo, Jizzax meliorativ ekspeditsiyasi, Chirchiq-Ohangaron, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Amu-Qashqadaryo, Amu-Surxon, Zarafshon va Chapqirg‘oq Amudaryo "ITHB"lari kabi yetakchi muassasalarga biriktirilgan bo‘lib, ularning har biriga kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari amaliyot rahbari sifatida biriktirilgan. Harbiy kafedrada tahsil olayotgan talabalar uchun esa amaliyot alohida tartibda — "4+2" tizimi asosida ikki qismga bo‘lib tashkil etildi. Bu bilan ularning harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari va o‘quv amaliyoti o‘rtasida uzviylik ta’minlandi. Amaliyot davomida talabalar suv xo‘jaligi tarmog‘ining amaliy faoliyati, sug‘orish tizimlarini boshqarish, meliorativ tadbirlar va suv resurslarini boshqarish sohasidagi zamonaviy jarayonlar bilan bevosita tanishib, olingan bilimlarni birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha talabalarning hisobotlari 2026-yil 19-20-avgust kunlari G-501-xonada o‘tkaziladi. Himoya komissiyasi talabalarning amaliyot davomida to‘plagan bilim va ko‘nikmalarini, tayyorlagan hisobot materiallarini hamda amaliy topshiriqlar bajarilishini har tomonlama baholab berdi.
Ta’kidlash joizki, talabalarning yo‘lkira, yashash va kunlik xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi orqali ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanmoqda — bu esa dual ta’lim tizimini amalga oshirishda talabalar uchun qulay shart-sharoit yaratilganidan dalolat beradi. Malakaviy amaliyotning ikkinchi bosqichi 2026/2027 o‘quv yilining 2-sentyabrdan 14-noyabrgacha davom etadi.