Avstriyaga tashrif: Budapeshtdan Shengen hududining markazlaridan biri Vena shahriga

20.08.2026

#Yangilik #Ta`lim

Xalqaro malaka oshirish kursi doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Vengriyaning Budapesht shahridan Avstriyaning Vena shahriga tashrif buyurdi.

Tashrifda dotsent G‘uzal Eshchanova, professor Komil Astanaqulov, professor Faxriddin Karshiyev, Kamron Ulug‘bekov va Gulhayo Jamolova ishtirok etdilar. Safar davomida delegatsiya Vena shahrining eng mashhur va sayyohlar gavjum tashrif buyuradigan maskanlari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, shaharning markaziy qismidagi Stephansplatz maydoni va Stephansplatz metro bekati, muhtasham Avliyo Stefan sobori (St. Stephen’s Cathedral), tarixiy Hofburg saroyi, mashhur Graben ko‘chasi hamda Kärntner Straße kabi sayyohlik hududlarida bo‘ldilar.

Shuningdek, delegatsiya Vena shahrining o‘ziga xos tarixiy me’morchiligi, qadimiy binolari, madaniy obidalari va zamonaviy shahar infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shahar markazidagi gavjum maydon va ko‘chalarda Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan sayyohlar bilan bir qatorda, Vena shahrining o‘ziga xos madaniy muhiti ham delegatsiya a’zilarida katta taassurot qoldirdi.

Budapeshtdan Avstriyaga Shengen hududidagi Vena shahriga amalga oshirilgan ushbu tashrif xalqaro malaka oshirish jarayonining mazmunli qismlaridan biri bo‘ldi. Safar ishtirokchilarga nafaqat Avstriyaning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishish, balki Yevropaning zamonaviy shahar infratuzilmasi, jamoat transporti va turizm sohasidagi tajribasini bevosita kuzatish imkonini berdi.

Mazkur tashrif delegatsiya a’zolarining dunyoqarashini kengaytirish, xalqaro tajribalarini boyitish va turli madaniyatlar bilan yaqindan tanishish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi. Vena shahrining tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan betakror muhiti ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.