«Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida muhokama o‘tkazildi.
20.08.2026
Unda professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari hamda mas’ullar ishtirok etdi.
Muhokama davomida:
— kichik va mikro GESlar tarmog‘ini raqamlashtirish va «aqlli» boshqaruv tizimlarini joriy etish;
— ta’lim dasturlariga Digital Twin, ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiya qilish;
— gidrologik ma’lumotlarni tahlil qilish, suv oqimini prognozlash va GESlar ishlashini optimallashtirish;
— ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va soha korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yakunda Prezident qarorida belgilangan vazifalarni universitetning ta’lim, ilm-fan va amaliy faoliyatiga integratsiya qilish, zamonaviy muhandis kadrlar tayyorlash hamda sohada raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.