Norin geslar kaskadida dual ta’lim: talabalar amaliyoti yangi bosqichda

19.08.2026

#Rektordan #Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ–122-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Gidrotexnika qurilishi fakultetida amaliy ta’limni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda universitet rahbariyati Namangan viloyatida joylashgan Norin GESlar kaskadining 2- va 3-qismlarida barpo etilayotgan gidroelektr stansiyalari qurilishi ob’ektlariga tashrif buyurib, Gidrotexnika qurilishi fakulteti talabalarining dual ta’lim asosida olib borayotgan uzoq muddatli ishlab chiqarish amaliyoti jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Amaliyot davomida talabalar:

— nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonida qo‘llamoqda;

— zamonaviy qurilish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda;

— gidrotexnika inshootlarini barpo etishning ilg‘or usullarini o‘rganmoqda;

— zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yechimlari bilan yaqindan tanishmoqda.

E’tiborli jihati, talabalar Turkiya, Xitoy va Eron davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan “ustoz-shogird” tizimi asosida tajriba almashib, xalqaro tajribani bevosita ishlab chiqarish jarayonida o‘rganmoqdalar.

Mazkur dual ta’lim amaliyoti talabalarni real ishlab chiqarish muhitiga moslashtirish, ularning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda zamonaviy bilim va tajribaga ega, raqobatbardosh muhandis kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.