Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘quv kurslari boshlandi.

19.08.2026

#Rektordan #Yangilik


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ–122-sonli qarori ijrosini ta’minlash, paxta yig‘im-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanadigan malakali mexanizatorlarni tayyorlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘quv kurslari boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 2 avgustdagi 01/14-1911-son xati ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 10–15 avgust kunlari nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar institut hamda Beruniy agrotexnologiyalar texnikumida professor-o‘qituvchilar, shuningdek, Turkiyaning «Cansa», AQShning «John Deere», Xitoyning «Boshiran» va «FM World» kompaniyalari vakillari ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Tinglovchilarga paxta terish mashinalarining konstruksiyasi va ishlash prinsipi, texnika xavfsizligi, kundalik texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, terish apparatini ajratish, yig‘ish va sozlash bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berilmoqda.

Mazkur o‘quv kurslari paxta yig‘im-terimi mavsumida zamonaviy texnikalardan unumli va xavfsiz foydalana oladigan malakali mexanizatorlar tayyorlash hamda hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ishtirib olishga xizmat qiladi.