O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-97-son, 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qaroriga asosan Sirdaryo viloyatida navbatdagi o‘quv kurslari tashkil etildi.
12.08.2026
2026-yil 10–14-avgust kunlariga mo‘ljallangan «Paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash» o‘quv kursining birinchi kuni bugun, 10-avgust kuni Guliston davlat universitetining 5-binosida boshlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.
Xitoylik mutaxassislarning ishtirokida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, zamonaviy paxta terish texnikalaridan samarali foydalanish, shuningdek, mexanizatorlarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘quv kursining asosiy maqsadi:
- zamonaviy paxta terish mashinalarini boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
— mexanizatorlarning kasbiy malakasini oshirish;
— ilg‘or texnologiyalar va xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish;
— paxta yig‘im-terimi jarayoni samaradorligini oshirish;
— qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnikalardan unumli foydalanishni ta’minlash.
Zamonaviy texnika — malakali mexanizator — yuqori samaradorlik!