“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti delegatsiyasi ishtirokida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

07.08.2026

#Xalqaro hamkorlik #Rektordan

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yu Jun ishtirokida «Global taraqqiyot tashabbusini amalga oshirish – qurg‘oqchil hududlarda suvdan yuqori samarali foydalanishga asoslangan aqlli qishloq xo‘jaligi» mavzusida xalqaro simpozium tashkil etildi.

Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamda Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv bitimi imzolandi.

Delegatsiya universitet muzeyi, kutubxonasi, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, IT markazi hamda zamonaviy ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.

Simpoziumda qurg‘oqchil hududlarda suv resurslarini samarali boshqarish, aqlli qishloq xo‘jaligi, iqlim o‘zgarishi sharoitida sug‘orma dehqonchilik, intellektual o‘simliklarni himoya qilish texnologiyalari hamda suv tanqisligi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, suv resurslarini boshqarish va aqlli qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.