O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda energetika sohasi uchun zamonaviy muhandis kadrlarni tayyorlash borasida universitetda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

06.08.2026

#Tadqiqotlar #Rektordan

Shu munosabat bilan 2026-yil 5-avgust kuni Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Ismatovich Samadov rahbarligida Yunusobod tumani prokurori Ya. Sanginov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Yunusobod tumanida elektr energiyasini tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, elektr tarmoqlarining texnik holati va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Muhokamalar natijasida universitet olimlari ishtirokida elektr tarmoqlarida instrumental tahlil va kompleks energetik audit o‘tkazish, ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

Shuningdek, elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining malakasini oshirish va sohada ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma vazifalar belgilab olindi.