“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyg‘unligi

06.08.2026

#Ta`lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida dual ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarizchil amalga oshirilmoqda.

2026-yil 4-avgust kuni universitetning Gidrotexnika qurilishi fakulteti “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” hamda “Gidrotexnika qurilishi” (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishlari talabalari Namangan viloyatidagi Norin GESlar kaskadining GES-2 va GES-3 obyektlarida bunyod etilayotgan gidroelektr stansiyalari qurilishida 6 oylik ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun yuborildi.

Dual ta’lim tizimi talabalarga auditoriyada olgan nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlash va amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi.

Amaliyot davomida ular zamonaviy qurilish texnologiyalari, gidrotexnika inshootlarini barpo etishning ilg‘or usullari hamda yirik investitsiya loyihalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy muhandislik yechimlari bilan yaqindan tanishib, kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantiradilar.

Bunday amaliyotlar bo‘lajak muhandislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularni mehnat bozori talablariga javob beradigan, malakali va raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan dual ta’lim tizimi oliy ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatimizning gidrotexnika va energetika tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning eng samarali mexanizmlaridan biri sifatida o‘z samarasini bermoqda.

Amaliyot jarayonida talabalar Turkiya, Xitoy va Eron davlatlaridan tashrif buyurgan xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu esa ularga ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy muhandislik yondashuvlarini o‘zlashtirish, xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish uchun muhim zamin yaratadi.

Mazkur tashabbus universitetda ta’lim sifati va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, mamlakatimizning suv xo‘jaligi, gidrotexnika va energetika sohalari uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.