O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini xalqaro tajriba asosida mustahkamlash maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda

29.07.2026

#Yangilik #Ta`lim

Universitet hamda Belorussiya Respublikasining MTZ (Minsk traktor zavodi) o‘rtasida imzolangan memorandum va talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 3-kurs 20 nafar talabasi 2026-yil 30-may kuni Belorussiya Respublikasiga 3 oylik ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun yuborilgan edi.

Amaliyot davomida talabalar MTZ zavodining ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etib, payvandlash, shtampovka, slesarlik ishlari, traktor qismlarini yig‘ish, sinash, diagnostika qilish hamda mahsulot sifatini nazorat qilish jarayonlarida faol ishtirok etib amaliyotning 1-bosqichini tugatib 29-iyul kuni O‘zbekistonga qaytib keldilar.

MTZ zavodidagi amaliyotlar davomida muhandiy-mexanik sohasi bo‘yicha erishilgan tajribalar natijasiga ko‘ra ularning barchasiga 3-razryad slesar-yig‘uvchi toifasidagi guvohnoma berildi, shuningdek ularning barchasiga minnatdorchilik (blagodarnost) e’lon qilindi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, amaliyot davomida zarur bo‘lgan xarajatlar - ikki tomonlama aviachiptalar va talabalarning kunlik xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-sonli qarori asosida universitet tomonidan qoplab berildi. Shuningdek, talabalar yashash joylari bilan MTZ tomonidan ta’minlanib zarur shart-sharoitlar yaratib berildi va oylik mehnat maoshlari (1200-2000 belorussiya rubli) xam zavod tomonidan to‘liq qoplab berildi.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov Axboroti

 Universitet matbuot xizmati