"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti va Keimyung College universiteti hamkorligi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

29.07.2026

#Ta`lim #Yangilik

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti hamda Janubiy Koreyaning Keimyung College Universiteti bilan hamkorlikda “Mexatronika va robototexnika” sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha yirik lohiya muvaffaqiyatli davom etmoqda. Ushbu loyiha doirasida universitetimizda yangi “Mexatronika va innovatsiya o‘quv markazi” tashkil qilinib zamonaviy laboratoriya jihozlari keltirilmoqda.

2026-yil 27-29 iyul kunlari Keimyung College Universitetining bir guruh professorlari Lee Sangseog, Lee Sungha, Kwon Yu-jin, Choi Haewoon, Kim Jong-hyun, Kim Miseong, Jung Seyoung lar tashrif buyurdi.

Tashrifning kun tartibining asosiy masalasi loyiha doirasida bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar hisoboti va kelgusida amalga oshiriladigan rejalar to‘g‘isida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri Rustam Baratov bugungi kungacha loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida taqdomot qildi. Taqdimot yakunida “Mexatronika va robototexnika” sohasida o‘quv jarayonidagi o‘quv me’yoriy hujjatlar, o‘quv jarayonini tashkil qilish, laboratorya jihozlari va o‘quv uslubiy ta’minot masalalarining bugungi holati bo‘yicha savol javoblar bo‘lib o‘tdi. Natijada tashrif buyurgan ekspertlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi. Shundan so‘ng professor Lee Sangseog loyiha doirasida 2026/2027 o‘quv yilida  Janubiy Koreyadan keltiriladigan Robototexnika jihozlari bilan tanishtirib kelgusida amalga oshiriladigan ishlar tog‘risida batafsil kelishib olindi.