O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi davr: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida Xalqaro Ta’lim Forumi tashkil etildi
29.07.2026
Joriy yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston–Koreya ta’lim hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro Ta’lim Forumi hamda “Smart Industriya Innovatsiyalari” mavzusidagi seminar-trening yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur nufuzli xalqaro
tadbir “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Janubiy Koreyaning Keymyung
Kollej Universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan LUPIC (Leading
Universities Project for International Cooperation) xalqaro loyihasi
doirasida tashkil etildi.
Forumning
asosiy maqsadi O‘zbekiston–Koreya ta’lim hamkorligini yanada rivojlantirish,
xususan, kasbiy ta’lim sifatini oshirish, ta’lim dasturlarini sanoat
ehtiyojlariga moslashtirish, xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda
zamonaviy texnologiyalar asosida malakali kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Forumning
ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi agentligi direktori
professor Azimjon Xusanov, KOICA tashkilotining O‘zbekistondagi vakili
Kim Siyeon hamda Keimyung College University professori, LUPIC loyihasi
boshqaruvchisi Lee Sangseog ishtirok etdilar.
Ochilish
marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar tomonidan kasbiy ta’lim tizimini
rivojlantirish, ta’lim jarayonlarini mehnat bozori va sanoat talablariga
moslashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda LUPIC loyihasi
doirasidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishning muhim ahamiyati
alohida ta’kidlandi.
Tadbirda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Kasbiy ta’lim
agentligi mutasaddilari, texnikum va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari,
xalqaro tashkilotlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda Janubiy Koreyadan
tashrif buyurgan ekspertlar ishtirok etdilar.
Forum
doirasida Keymyung Kollej Universiteti professor va ekspertlari
tomonidan kasbiy ta’limni rivojlantirish, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab
chiqish va ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha
qator taqdimotlar o‘tkazildi.
Jumladan,
LUPIC loyihasi boshqaruvchisi professor Lee Sangseog tomonidan LUPIC
xalqaro loyihasining maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan faoliyat
yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston–Koreya ta’lim hamkorligini rivojlantirishdagi
o‘rni haqida batafsil taqdimot qilindi.
Keimyung
College University o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha eksperti
professor Kim Misung
tomonidan “Sanoat ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish tajribalari” mavzusida ma’ruza qilindi.
Unda kasbiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqarish tarmoqlari talablariga mos
shakllantirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va kompetensiyaga
asoslangan ta’lim modelini joriy etish masalalari yoritildi.
Shuningdek,
Keymyung Kollej Universiteti “O‘qitish va ta’lim Markazi” professori Kwon
Yu-jin tomonidan “Koreyada o‘qitish va ta’lim olish salohiyatini
mustahkamlash strategiyalari hamda ilg‘or tajribalar” taqdim etildi. Unda
pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, samarali ta’lim metodlari va zamonaviy
o‘qitish yondashuvlari bo‘yicha tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.
Bundan
tashqari, Koreyadagi “Raqamli ta’lim va innovatsiyani qo‘llab-quvvatlash Markazi”
mutaxassisi professor Jung Seyoung tomonidan ta’lim jarayonida raqamli
texnologiyalar, sun’iy intellekt imkoniyatlari va o‘qitish samaradorligini
boshqarish mexanizmlari yuzasidan taqdimot qilindi.
Forum
davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida LUPIC loyihasi asosida
tashkil etilgan DEISC (Digital Education & Innovation Support Centre)
Raqamli ta’lim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyatiga
alohida e’tibor qaratildi.
DEISC markazi koordinatori, “TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti dotsenti hamda LUPIC loyihasining
O‘zbekistondagi koordinator yordamchisi Go‘zal Eshchanova tomonidan markaz
faoliyati, LUPIC loyihasi doirasida erishilgan natijalar, amalga
oshirilgan ishlar va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida taqdimot
qilindi.
Muhokamalar
davomida DEISC markazini yanada rivojlantirish, Kasbiy ta’lim agentligi
hamda O‘zbekiston texnikumlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-amaliy
loyihalarni amalga oshirish va kasbiy ta’lim tizimiga xalqaro tajribalarni
joriy etish bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.
Forum
ishtirokchilari tomonidan ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini
kuchaytirish, sanoat uchun zarur bo‘lgan zamonaviy kompetensiyalarga ega
mutaxassislarni tayyorlash, o‘quv dasturlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir
davomida barcha sessiyalar ochiq muloqot, savol-javob va tajriba almashish
shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar o‘rtasida samarali fikr almashinuvi
amalga oshirildi.
Mazkur
xalqaro forum “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Keymyung Kollej Universiteti
va Kasbiy ta’lim agentligi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib
chiqish, LUPIC loyihasi doirasida kasbiy ta’lim, raqamli ta’lim
va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston texnikumlarida xalqaro
tajriba asosida zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim
qadamlardan biri bo‘ldi.