“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida Keymyung Kollej Universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi

28.07.2026

#Yangilik #Xalqaro hamkorlik #Ta`lim

    Joriy yilning 27-iyul kuni Talim Forumi va Sanoat Maslahat Kengashi Hamkorlik dasturi” (27–29-iyul, 2026-yil) doirasida TIQXMMIMilliy Tadqiqot Universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuvlar bolib otdi.

    Forum doirasidagi asosiy tadbirlardan biri sifatida Keymyung Kollej Universiteti (Janubiy Koreya), TIQXMMIMilliy Tadqiqot Universiteti hamda Ozbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli talimni rivojlantirish markazi ortasida raqamli talim, talim innovatsiyalari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boyicha uch tomonlama Hamkorlik Memorandumi (MoU) imzolandi.

   Tadbirda TIQXMMIMilliy Tadqiqot Universiteti Ilmiy ishlar  boyicha  prorektor Shokirov Shuxrat Sobirovich, Keymyung Kollej Universiteti, LUPIC loyihasi koordinatori professor Lee Sangseog, Ozbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli talimni rivojlantirish markazi director orinbosari, professor Xaydarov Ulugbek Ulkanbayevich,, markazning Muhammad al-Xorazmiy vorislariloyihasi boshqarma boshligi Saidmurod Abdujabborov, bosh mutaxassis Nilufar Begibaeva, shuningdek, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan ekspertlar professor Li Sunga, professor Kim Miseong va professor Kim Chen Xyon ishtirok etdilar.

     Forum doirasida LUPIC (Leading Universities Project for International Cooperation) xalqaro loyihasi asosida universitetda tashkil etilgan DEISC (Digital Education & Innovation Support Centre) Raqamli Ta’lim va Innovatsiyani Qollab Quvvatlash Markazi faoliyati ham taqdim etildi. Mehmonlar markazning zamonaviy infratuzilmasi, raqamli ta’lim, startap va innovatsion loyihalar, sun’iy intellekt hamda tadbirkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

   DEISC faoliyatiga bag‘ishlangan muhokamalarda DEISC (Raqamli Ta’lim va Innovatsiyani Qollab Quvvatlash Markazi) koordinatori va LUPIC loyihasining O‘zbekistondagi koordinator yordamchisi dotsent Go‘zal Eshchanova, DEISC assistentlari Aziz Nigmatov va Sanjar Ungalov markazning bugungi faoliyati, erishilgan natijalari hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan DEISC markazida taqdimot qildilar. Keymyung Kollej Universiteti mutaxassislari tomonidan DEISC markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

   Forum davomida sanoat ehtiyojlariga mos o‘quv dasturlarini takomillashtirish, universitet–sanoat hamkorligini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda LUPIC loyihasi doirasida amalga oshiriladigan istiqboldagi qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

   Mazkur memorandumning imzolanishi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, raqamli ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda DEISC markazini mintaqadagi ilg‘or xalqaro hamkorlik platformalaridan biriga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.