O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ–122-sonli qarori ijrosini taʼminlash doirasida Lausitz va Markaziy Germaniya konchilikni boshqarish kompaniyasi (LMBV) rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

21.07.2026

#Yangilik #Ta`lim

Uchrashuv doirasida “Degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashda melioratsiya, rekultivatsiya va yerlarni muhofaza qilishning kompleks tadbirlari bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish” mavzusida hamkorlik rejalari belgilandi:

  • Ko‘mir konlarini rekultivatsiya qilishda LMBVning ko‘p yillik texnik va ekologik tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash;
  • Hududlarni taraqqiyot dasturlari asosida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish yo‘nalishlarni belgilash va yangi landshaftlar yaratish;
  • Yerlar rekultivatsiyasi va ularni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma ilmiy-texnik loyihalar bajarish;
  • LMBVning oliy malakali mutaxassislarini Universitetning o‘quv jarayoniga jalb qilish.
Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda yer resurslaridan foydalanish tizimini xalqaro standartlar darajasiga koʼtarish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-amaliy salohiyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.