Xitoyning Beifang Automotive Education Group kompaniyasi bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

16.07.2026

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 13 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida joylashgan Beifang Automotive Education Group kompaniyasining xalqaro o‘quv markaziga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rektori B.Mirzaev kompaniya direktori Cao Zhen Feng bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, universitet professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilarining malakasini kompaniyaning zamonaviy ta’lim va amaliy tayyorgarlik bazasida oshirish bo‘yicha hamkorlikka erishildi.

Muzokaralar davomida muhandislik ta’limi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va kadrlar salohiyatini oshirish sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni universitet ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2026 yil avgust oyida Beifang Automotive Education Group tomonidan tashkil etiladigan onlayn malaka oshirish kurslarida universitet professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.