“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Xitoyning yetakchi Tsinghua University o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi

11.07.2026

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Tsinghua University (QS – 14, THE – 15, ARWU-18, Asia-1)da bo‘lib, universitet rahbariyati hamda “Suv xo‘jaligi muhandisligi” va “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekanlari bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va menejment, MBA hamda Suv xo‘jaligi muhandisligi yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv va qo‘shma yozgi maktablarni tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, tashrif yakunida Suv xo‘jaligi muhandisligi hamda Iqtisodiyot va menejment sohalari bo‘yicha ikkita hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuvlar ikki universitet o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.