Xitoyning qishloq xo‘jaligi universiteti (China Agricultural University) mezbonligida tashkil etilgan “International Conference on Smart Agriculture Innovation Development (ICSAID 2026)” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi faol ishtirok etdi.
13.07.2026
Konferensiyaning nufuzli yalpi majlisida universitet rektori ma’ruza bilan ishtirok etib, Markaziy Osiyoda zamonaviy qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi sohalarida ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha universitetimizning ustuvor yo‘nalishlari xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Konferensiya doirasida Pekin qishloq xo‘jaligi universiteti prezidenti Wei Chen bilan tor doirada rasmiy uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yaqin istiqbolda ikki universitet o‘rtasidagi
hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amaliy qadamlarni belgilab olishga xizmat
qildi.