BMT Universitetining Markaziy Osiyo HUBini tashkil etish bo‘yicha kelishuv
13.07.2026
Drezden shahrida BMT Universiteti rektori, professor Tshilidzi Marwala boshchiligidagi delegatsiya va BMT Universitetining UNU-FLORES instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar natijasida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot
universiteti bazasida UNU “Central Asia HUB”ni tashkil etish bo‘yicha
kelishuvga erishildi.
HUB faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
Ø Resurslarni barqaror boshqarish;
Ø Yerlarni rekultivatsiya qilish;
Ø Iqlim o‘zgarishiga moslashish;
Ø Atrof-muhitni muhofaza qilish;
Ø Salohiyatni oshirish.
Ushbu uchrashuv Markaziy Osiyoda suv va yer resurslarini oqilona boshqarish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Universitet qoshida tashkil etiladigan yangi HUB mintaqadagi iqlim, suv va ekologiya muammolarini ilmiy hamda amaliy yechimlar orqali bartaraf etishga xizmat qiladi.