O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ–122-sonli qarorida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yo‘lida xalqaro hamkorlik geografiyasi kengaymoqda
13.07.2026
#Yangilik
#Xalqaro hamkorlik
Germaniyaning Gumboldt nomidagi Berlin universitetida mobillik dasturlari bo‘limi boshlig‘i Christina Bohle va “Erasmus+” dasturi koordinatori Johann Comolle bilan istiqboldagi 2027 yilda Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda:
- “Erasmus+” dasturining “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” (CBHE) yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va topshirish bo‘yicha dastlabki qadamlar belgilab olindi.
- Ta’lim va ilmiy izlanishlar sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini faollashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
- Universitetlar o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlash va xalqaro standartlarga mos innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” muhokama qilindi.