Joriy yilning 11 iyul kuni Xitoyning Pekin shahrida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (TIIAME) hamda Xitoyning MMC (MicroMultiCopter) kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

13.07.2026

#Rektordan #Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Ma`naviy va tashkiliy

Uchrashuv davomida qishloq va suv xo‘jaligi sohalariga zamonaviy dron texnologiyalarini joriy etish, dronlar orqali xizmatlar ko‘rsatish, dron pilotlarini tayyorlash, shuningdek, dronlarga texnik va servis xizmatlarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida MMC kompaniyasi TIIAME bilan hamkorlikda:

- suspenziya va o‘g‘itlarni sepishga mo‘ljallangan agrodronlar;

- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish uchun logistika dronlari;

- ekin maydonlarini monitoring qilish, tahlil etish va intellektual xulosalar taqdim etish imkoniyatiga ega aqlli dronlarni yetkazib berishga tayyor ekanini bildirdi.

Mazkur hamkorlik qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, mutaxassislar tayyorlash hamda sohaga innovatsion yechimlarni tatbiq etishda muhim qadam bo‘ladi.