IPhO 2026: Rekord natija qayd etildi — Kolumbiya!
13.07.2026
O‘zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) munosib ishtirok etib, tarixda ilk bor 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Joriy yilning 4–12-iyul kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh fiziklar quyidagi natijalarni qayd etdi:
Asilbek Jumanazarov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - KUMUSH MEDAL;
Muhammad Abdumalikov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - KUMUSH MEDAL;
Elbek Uroqov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - BRONZA MEDAL;
Xasan Kamolov - Qo‘qon shahar 1-sonli IM - BRONZA MEDAL;
️Javohir Aknazarov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - Honorable mention.
️ Terma jamoamiz a’zolari ushbu olimpiadada ilk kumush medalini qoʻlga kiritib, o‘z ishtiroki tarixidagi REKORD NATIJA qayd etdi.
Natijalar yil sayin yuksalmoqda. Endi esa navbat — kelgusi yilda oltin medalni qo‘lga kiritishga!
Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO) — bu nafaqat murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish, balki xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashish, yoshlar o‘rtasida fan orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlash imkoniyatidir.
G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz va ularga bundan-da ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!