"Mirzo Ulug‘bek vorislari" jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Data Science o‘quv kursining 2025/2026-o‘quv yili muvaffaqiyatli yakunlandi.
13.07.2026
Kurs bitiruvchilarini taqdirlash marosimida "Mirzo Ulug‘bek" jamg‘armasi raisi O.Salimov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli o‘quv dasturini "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakulteti talabalari Ziyodullayev Shoxijahon va Yoqubjonov Akmaljon ham muvaffaqiyatli tamomladilar.
Kurs yakunida ular dasturlash va ingliz tili bo‘yicha xalqaro darajadagi sertifikat bilan taqdirlandilar. Mazkur natija talabalarimizning zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt hamda ma’lumotlar tahlili yo‘nalishlaridagi bilim va salohiyati yuksalib borayotganining yana bir yorqin isbotidir.
Talabalarimizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularning ilm-fan, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.