O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ–122-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida dron texnologiyalaridan tizimli foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
12.07.2026
Shu maqsadda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamda Xitoyning eng yirik uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyasi— Beijing TTAviation Technology Co. Ltd hamta’sischisi Yi Yang bilan innovatsion texnologiyalarni joriy etish va soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikka kelishildi.
Hamkorlik doirasida universitetda:
- Beijing TTAviation Technology Co. Ltd bilan qo‘shma o‘quv markazini tashkil etish;
- dronlarni yaqin va uzoq masofalarga boshqarish hamda ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish;
- Xitoyning amaldagi 20+30+30 tayyorlash tizimi asosida dronlar bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash;
- dronlarni texnik diagnostika qilish va servis xizmatini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib boriladi.
Shuningdek, Beijing TTAviation Technology Co. Ltd kompaniyasining zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berish, kuzatuv va monitoring ishlarini amalga oshirish, logistika hamda intellektual (aqlli) dronlardan ilmiy tadqiqotlarda samarali foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.