“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistranti Prezident e’tirofiga sazovor bo’ldi va AQSHning Silikon vodiysiga yo’llanma oldi

10.07.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan islohotlar va iqtidorli yoshlar pavilonlari bilan tanishdi.

Tadbir davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistranti No’monjon Ibrohimov davlat rahbariga yurtimizda muhandislik sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar va erishilgan natijalar yuzasidan taqdimot o’tkazdi.

Prezident tomonidan taqdimot yuqori baholanib, bildirilgan ishonch asosida No’monjon Ibrohimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov tomonidan “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, u AQSHning Silikon vodiysida stajirovka o’tash dasturiga yo’llanma bilan ham mukofotlandi.

Universitetimiz magistrantini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!