“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Xitoyning “Harbin Institute of Technology” (HIT) universiteti o‘rtasida kosmik tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi.
10.07.2026
Xitoyning “Harbin Institute of Technology” (HIT) (TOP-101+) universiteti vitse-prezidenti FAN Feng bilan hamkorlikda aerokosmik texnologiyalar hamda «Kosmik tadqiqotlar laboratoriyasi» (Vacuum, Vibration, Mechanical)ni loyihalashtirish, va 2028 yilda «TIIAME NRU-Satellite» ni hamkorlikda yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tadqiqotchilari uchun Satellitelarni hamkorlikda yaratishga bag‘ishlangan maxsus qishki o‘quv maktabi tashkil etiladi.
Ikki tomonlama talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar olib borish, kutubxonalar fondidan o‘zaro foydalanish, xamda ilmiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish maqsadida «Astronavtika», «Sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari» hamda «Kosmik optik texnologiyalar» ilmiy-tadqiqot markazlari bilan fakultetlararo shartnomalar imzolandi.