Ijodiy imtihonlarda ochiqlik va shaffoflik — ustuvor vazifa.
09.07.2026
Universitetda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi bo‘yicha abiturientlar uchun o‘tkazilayotgan ijodiy (kasbiy) imtihonlar jarayonida ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbir hamda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens
nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Gapparov olib
bordi. Suhbat davomida ishtirokchilar universitet rektorining ijodiy (kasbiy) imtihonlarni
tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Shuningdek, imtihon jarayonlarida qonunchilik talablariga
qat’iy rioya qilish, barcha abiturientlarga teng imkoniyatlar yaratish, manfaatlar
to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish hamda korrupsiyaviy
xavf-xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlardan
tiyilish yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Davra suhbatida qabul komissiyasining mas’ul kotibi
E. Toshmatov, mas’ul kotib yordamchisi N. Eshpo‘latov,
imtihon oluvchi mutaxassislar ham ishtirok etib, ijodiy imtihonlarni yuqori saviyada,
ochiq va shaffof tarzda tashkil etish, baholashning adolatliligini ta’minlash hamda
korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir
yakunida barcha mas’ullarga imtihonlarni belgilangan tartib asosida, xolis va shaffof
o‘tkazish, universitetning korrupsiyaga qarshi siyosati talablariga qat’iy amal
qilish hamda jamoatchilik ishonchini ta’minlash muhim vazifa ekani yana bir bor
ta’kidlandi.