O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2026 y.dagi PQ-122 sonli qaror ijrosi bo‘yicha Xitoyda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti fakulteti tashkil etildi.
08.07.2026
2026 yil 6 iyul kuni Xitoyning Changchun texnologiya universiteti bazasida dunyo reytingida TOP-500 talikk kirgan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Fanlararo xalqaro ilg‘or texnologiyalar” fakultetitashkil etildi.
Changchun texnologiya universiteti Prezidenti FU Yuegang va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetirektori Baxadir Mirzaev rahbarligida soha mutaxassislari ishtirokida talabalarga sifatli ta’limni tashkil etish, ta’lim yo‘nalishlar o‘quv rejalari, fanlar modullari va sillabuslarning mazmuni muhokama qilindi va tasdiqlandi.
2026-2027 o‘quv yilidan boshlab mazkur fakultetning Statistika, Mexanika va Elektronika ta’lim yo‘nalishlariga talabalarni qabuli e’lon qilinadi.
O‘quv mashg‘ulotlari ingliz tilida olib boriladi va o‘quv xarajatlari Xitoy hukumati byudjeti tomonidan qoplanadi.